"Roma" bosh murabbiyi "Portu"ga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etmadi

  • 07.03.2019 14:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Rimning "Roma" klubi bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko kecha “Portu”ga (3:1) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumaniga kelmadi.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 49 yoshli mutaxassis o‘yin tugagach darhol klub avtobusiga yo‘l olgan. Shu tariqa u UEFA reglamentini buzdi va endi jarimaga tortiladi.

Eslatib o‘tamiz, Di Francheskoning “Roma”dagi taqdiri aynan EChLga bog‘liq bo‘lib turgandi. Rahbariyat uning faoliyati borasida bugun o‘z qarorini e’lon qilishi kutilmoqda.

Ta’kidlash kerakki bundan avvalroq “bo‘rilar” rahbariyati ushbu lavozimga Klaudio Raneri, Kristian Panuchchi, Roberto Donadoni va Paulu Souza kabi mutaxassislar nomzodini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!