"Roma": Bu futbolchi sotilmaydi!

  • 11 iyun, 2022, 09:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning “Roma” klubi himoyachisi Nikola Zalevski yakunlangan ajoyib mavsumdan so‘ng bir qator Evropa klublarining e’tiborini o‘ziga tortdi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, 20 yoshli futbolchiga “Borussiya” Dortmund jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Biroq hozircha nemis grandi bu borada “Roma”ga rasmiy taklif bilan chiqmagan.

O‘z navbatida “bo‘rilar” Zalevskini qo‘yib yubormoqchi emas. Shu sababli uning transferi bo‘yicha bildiriladigan har qanday taklif rad etiladi.

Nikola yakunlangan mavsum “Roma” tarkibida jami 17 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!