"Roma" finaldagi raqibi - "Feyenoord"ning asosiy futbolchisini ko‘zlamoqda

  • 09.05.2022 14:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Feyenoord"ning turkiyalik yarim himoyachisi Orkun Kyokchyu “Roma”ning e’tiboriga tushdi.

Leggo nashri xabariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi shu yoz “Roma”dan ketishi kutilayotgan Jordan Veretu o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Kyokchyu - ko‘p qirrali o‘yinchi. U maydonni ko‘rish va uzoq masofadan yaxshi zarba berish qobiliyatiga ega. U joriy mavsum “Feyenoord” safida 7 ta gol urishga erishdi.

Orkunning ayni damdagi transfer narxi 25 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Feyenoord" Konferentsiyalar ligasi finalida aynan "Roma"ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!