"Roma" futbolchisi Italiyaning grand klubiga o‘tishi mumkin

  • 20 may, 2022, 19:51
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Calciomercato nashri xabariga ko‘ra, "Roma" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan yozgi transferlar paytida "Inter"ga o‘tishi mumkin.

Tecno

"Neradzurrilar" Mxitaryanni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, chunki joriy mavsum oxirida futbolchining "bo‘rilar" bilan shartnomasini yakuniga etadi.

OAV xabariga ko‘ra, Mxitaryanga Angliyaning "Tottenxem" va "Aston Villa" klublari ham da’vogarlik qilmoqda.

Oldinroq, rimliklar Mxitaryan bilan shartnomani 1 yilga uzaytirishdan manfaatdor ekanligi xabar qilingan edi. Sababi, armanistonlik futbolchi Joze Mourino jamoasining asosiy pleymeykeri hisoblanadi.

2021/2022 yilgi mavsumda Genrix Mxitaryan "Roma" safida barcha musobaqalarda 43 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 9 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!