"Roma" futbolchisi uchun PSJ, "Yuventus" va "Inter" o‘zaro kurash olib boradi

  • 07.03.2021 17:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida "Roma" yarim himoyachisi Lorentso Pellegrinini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Calciomercato tarqatgan xabarga ko‘ra, Pellegrini uchun kurashda parijliklarga jiddiy raqobatchilar ham bor. Lorentso uchun "Inter" va "Yuventus" ham krush olib borishi aytilmoqda.

24 yoshli Pellegrini joriy mavsum "Roma" safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!