“Roma” futbolchisini yurtiga qaytarishmoqchi
Joze Mourino bilan kelisha olmay qolgan Rik Karsdorp “Roma” futbolchilari bilan birga Portugaliyadagi yig‘inda qatnashayotganiga qaramay, klub rahbariya hamon uni sotib yuborish ishlarini to‘xtatgani yo‘q.
Ma’lumotlarga qaraganda, niderlandiyalik himoyachiga o‘z yurtidan xaridor chiqdi. “Ayaks” rahbariyati 27 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.
Amsterdamliklar Rim klubidan Karsdorpni keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga berishni so‘ramoqda.
“Roma” bu futbolchi bo‘yicha ijara takliflarini rad etib kelyapti. Sport direktori Tyagu Pinto Karsdorpni 10-12 million evro evaziga to‘liq sotib yubormoqchi.



Fikrlar