"Roma" hujumchisiga chiqish eshigini ko‘rsatdi
"Roma" jamoa hujumchisi Artyom Dovbikning kelajagi haqida bir qarorga keldi. Bu haqda insayder Nikola Skira xabar bermoqda.
Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, Italiya klubi qishki transferlar oynasida futbolchi bilan xayrlashishni ma’lum qilgan. Rimliklar bosh murabbiyi Pero Gasperini ham ukrainalik hujumchini kelajakdagi rejalariga kiritmagan. Ayni vaqtda Dovbikning xizmatlariga "Sanderlend", "Vest Xem" va "Everton" klublari qiziqish bildirmoqda.
Forvardning hozirda transfer bozoridagi narxi 25 million evroga baholanmoqda. Uning "Roma" klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli futbolchi joriy mavsum rimliklar safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol kiritdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.`
Fikrlar