“Roma” hujumchisini sotmaydigan bo‘ldi

  • 10 avgust, 2022, 17:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” rahbariyati 23 yoshli universal hujumchi Nikolo Dzanoloni o‘z safida olib qoladigan bo‘ldi.

Tecno

Rimliklar Angliya premer-ligasi vakili “Tottenxem”ning Dzanolo bo‘yicha taklifini qabul qilmadi va inglizlarga rad javobini berdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Antonio Konte jamoasi Nikoloni bir mavsum ijaraga olib, keyinchalik uni 23 million evro evaziga transfer qilishni rejalashtirgan edi. Lekin bu taklif “Roma” mutasaddilariga ma’qul kelmadi.

Dzanolo 2018 yildan beri “Roma” sharafini himoya qilib kelmoqda. Shundan beri italiyalik futbolchi jami 111 ta uchrashuvda qatnashib, 22 ta gol muallifi bo‘lgan.

Dzanolo 2020-2021 yillar davomida ikki marotaba og‘ir jarohat olib, yana tiklanib olishga ulgurdi. Bu futbolchiga “Yuventus” ham da’vogarlik qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!