
"Roma" "Inter" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Milanning “Inter” klubi himoyachisi Matteo Politano faoliyatini “Roma”da davom ettirishi mumkin.
Sky Sport Italia muxbiri Janluki Di Martsioning xabar berishicha rimliklar Politanoni uzoq muddatga safdan chiqqan futbolchisi Nikolo Dzanolo o‘rniga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda. Ayni damda “bo‘rilar” ushbu transfer masalasida muzokaralarni boshlab yuborishgan.
Eslatib o‘tamiz, Politano uchun shuningdek «Milan», «Napoli» va «Fiorentina» klublari ham da’vogarlik qilishmoqda.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli Politano joriy mavsum A Seriyada 11 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar