"Roma" Jekoni APLga qo‘yib yuboradimi?

  • 11 dekabr, 2019, 16:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi "Roma" forvardi Edin Jekoni o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Biroq, rimliklar 33 yoshli bosniyalik futbolchini mavsumlar oralig‘ida qo‘yib yuborishmoqchi emas. Jekoning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Aytish lozimki, Jeko uchun APL begona emas. Boisi, u 2015 yil “Roma”ga “Manchester Siti” klubidan ko‘chib o‘tgan. U joriy mavsum 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!