“Roma” Milan klublari bilan “Chelsi” o‘yinchisini talashyapti

  • 20.08.2022 09:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” himoyachisi Trevo Chaloba faoliyatini A Seriyada davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mamlakat chempioni “Milan”, o‘tgan yilgi chempion “Inter” va o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ya boshlagan “Roma” iste’dodli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun raqobatlashmoqda.

The Athletic nashrining xabar berishicha, “aristokratlar” asosiy tarkibga kirishga qiynalayotgan o‘yinchini ijaraga yuborib, o‘yin amaliyotini ta’minlashni rejalashtirmoqda.

“Chelsi” bu himoyachini ijaraga oladigan jamoaga kelajakda uni sotib olish majburiyati yoki huquqini bermaydi.

23 yoshli futbolchi faoliyati davomida klublar miqyosida 215 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13ta gol va 10 ta assist rasmiylashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!