
"Roma" Mourino bilan 1950 yildan beri A Seriyadagi eng yomon mavsumni boshladi
Poytaxtning "Roma" klubi Italiya A seriyasida so‘nggi 73 yildagi eng yomon mavsumni ko‘rsatdi. Portugaliyalik bosh murabbiy Joze Mourino shogirdlari uchta o‘yinda ikkita mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishdi va uchrashuvni bir marta durang bilan yakunladi.
Bu Rim klubining 1950/1951 yilgi mavsumdan beri eng yomon natijasi hisoblanadi. O‘shanda "bo‘rilar" milliy chempionatdagi barcha uchta boshlang‘ich o‘yinda mag‘lub bo‘lgan edi.
Uchinchi turdan keyin "Roma" Italiya chempionati turnir jadvalida atigi 18-o‘rinni egallab turibdi. Mourino shogirdlari navbatdagi o‘yinni o‘z maydonida “Empoli”ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin 17 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar