"Roma" rahbariyati g‘azabda! Ular APL klubiga o‘tishni xohlamagan futbolchini jazolamoqchi

CHERY AUTO

"Roma" yarim himoyachi Nikolo Dzanolo "Bornmut"ga o‘tishni xohlamaganidan g‘azabda. 

Tecno

Ingliz klubi "Roma"ga 30+5 million evro va keyingi sotuvidan 10 foiz ulush taklif qilgandi. "Bo‘rilar" bu taklifni qabul qildi, biroq futbolchining o‘zi "Bornmut" direktori bilan uchrashishdan va shartnoma imzolashdan bosh tortdi. 

Rimliklar Dzanolo va uning agenti yuzaga chiqargan vaziyatdan norozi. "Il Tempo" nashrining xabariga ko‘ra, "bo‘rilar" yarim himoyachiga nisbatan intizomiy choralar ko‘rishga tayyorlanmoqda. Klub uni mavsum oxirigacha diskvalifikatsiya qilmoqchi. 

23 yoshli futbolchi joriy mavsum rimliklar tarkibida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va bitta golga assistentlik qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!