
“Roma” tarkibi Mourino kutgan sifatga ega emas!
“Roma”ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello jamoani boshqarayotgan Joze Mourinoni tanqid qilishga shoshilmasli kerakligini ta’kidladi.
- Mourinoga vaqt kerak. U klub rahbariyatidan qishda yangi transferlarni so‘rayaptimi, demak hozirgi tarkib u talab qilayotgan sifatlarga ega emas.
Bundan tashqari, men Mourinoni asosli tanqid qilish uchun mavsum oxirigacha kuzatish kerak, deb hisoblayman, - dedi Fabio Kapello.
“Roma” rahbariyati Mourino oldiga joriy mavsum yakunlariga ko‘ra Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish va Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqish vazifasini qo‘ygan. Hozircha, rimliklar A Seriyada oltinchi o‘rinda bormoqda. Konferentsiyalar ligasida esa nimchorak finalga yo‘llanma olgan.
Fikrlar