
"Roma" va Mourino tomon kelayotgan tabriklar to‘xtamayapti
"Roma" konferentsiyalar ligasida zafar quchganidan yaxshigina xabardorsiz. Shu munosabat bilan ko‘plab jamoalar Rim klubi va bosh murabbiy Joze Mourinoni ushbu g‘alaba bilan muborakbod etmoqda.
Jumladan, "Inter" jamoasi "Roma" va Mourinoni quyidagicha tabrikladi:
"Klub va Jozeni g‘alaba bilan qutlaymiz! Halqaro maydondagi g‘alaba har doim e’tirofga sazovor. Ayniqsa, bitta yurt vakillari uchun".
Shuningdek, "Portu" klubi ham Mourino hamda Serxio Oliveyrani chempionlik bilan qutladi:
"Joze Mourino va Serxio Oliveyrani konferentsiyalar ligasidagi g‘oliblik bilan tabriklaymiz!".
Ma’lumot o‘rnida, Mourino 2002-2004 yillar oralig‘ida "Portu"da, 2008-2010 yillar oralig‘ida esa "Inter" klubi bosh murabbiyi sifatida ish olib borgan.
Fikrlar