“Roma”da ketadigan Mourinoga Italiyaning superklubidan ish chiqdi

  • 23 oktabr, 2023, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino mavsum yakunlanishi bilan poytaxtni tark etadi. Rim klubi portugaliyalik mutaxassis bilan yangi bitim tuzilmasligini ma’lum qilgan.

Tabiiyki, Mourino darajasidagi murabbiy ishsiz qolmaydi. Unga “Inter” qiziqish bildira boshladi.

TodoFichajes nashrining xabar berishicha, milanliklar hozir jamoani boshqarayotgan Simone Indzagi o‘rniga tajribali va ko‘p sovrin yutgan mutaxassis qidiryapti.

“Inter” Mourino uchun begona emas. Joze bu jamoa bilan trebl qayd etgan. Portugaliyalik mutaxassis oldida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” va Madridning “Real” klublarini boshqarish varianti ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!