"Roma"ga yangi himoyachi kelyapti
“Verona” himoyachisi Marash Kumbula katta ehtimol bilan faoliyatini “Roma”da davom ettiradi.
“Bo‘rilar” 20 yoshli albaniyalik futbolchini 30 mln evroga sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio xabar bermoqda.
Klublar allaqachon bu borada kelishuvga erishib bo‘lgan va Kumbula bugun Rimda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Marash o‘tgan mavsum A Seriyada 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
Fikrlar