"Roma"ning "Sampdoriya"ga qarshi o‘yinini qaysi telekanal namoyish etadi?

  • 03.04.2022 08:52
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol

Bugun Italiya chempionatida 31-tur bahslari davom ettiriladi. Kun doirasida 5 ta o‘yin o‘rin olgan. Ular qatorida "Roma" ishtirokidagi bellashuv ham bor.

Joze Mourino shogirdlari "Sampdoriya" maydoniga safar qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. O‘yinni "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etadi.

"Bo‘rilar" ayni payt turnir jadvalida 51 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. "Sampdoriya" esa 29 ochko jamg‘argan holda 16-pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Наркобилов Суюн
03/04/2022 10:41
Romaga va Shomurodovga omad