“Roma”ning Shomurodov bo‘yicha rejasi o‘zgardi, Eldor esa kutilmagan jamoani ko‘zlayapti!

  • 26 yanvar, 2023, 23:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki transferlar oynasi yopilishiga bir necha kun qolgan pallada “Roma” sport direktori Tyagu Pinto jamoa hujumchisi Eldor Shomurodov bo‘yicha transfer rejasini o‘zgartirdi.

Tecno

Avvaliga, klub rahbariyati legionerimizdan to‘liq qutilish maqsadida unga da’vogar bo‘lgan jamoalardan transfer uchun badal pulini birdaniga to‘lash yoki yozda transferni amalga oshirish majburiyatini olish talabini qo‘yib keldi.

1505_2022_05_28_1_

Rim klubi 2021 yilda “Jenoa”dan 18 million evroga xarid qilingan hujumchini 12-14 million evroga baholadi. Aksariyat xaridorlar yarim yillik ijara va hujumchining natijalariga, ko‘rsatgan o‘yinlariga qarab, mavsumdan keyin  transfer qilish huquqini so‘radi.

Eldorning o‘zi Germaniya, Ispaniya va Frantsiyadan kelgan takliflarni rad etib, Italiya qolishga qaror qilganidan keyin tanlov chegarasi ham birdaniga qisqardi. Oxiriga kelib,  A Seriya autsayderlari – “Kremoneze” va “Spetsiya” qoldi.

Bu pallada Tyagu Pinto transfer bo‘yicha talabini o‘zgartirdi. U Joze Mourinoga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilarning barchasini xaridor jamoalardan to‘liq transfer qilishni so‘rayotgan edi. Eldor Shomurodov, Rik Karsdorp, Matias Vina va hatto Nikolo Dzanolo uchun birdaniga to‘lov qiladigan yoki keyinchalik sotib olish majburiyatini bo‘yniga oladigan birorta jamoa topilmadi.

Shundan keyin Tyagu Pinto transfer siyosatini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Endi u futbolchilarni yarim yillik ijaraga jo‘natishga rozi. “Bornmut” rimliklarni Matias Vinani mavsum oxirigacha berib turishga ko‘ndirganidan keyin boshqa o‘yinchilar bo‘yicha ham shu yo‘l tutiladigan bo‘ldi.

Alam qiladigani“Torino” va “Bolonya” kabi jiddiy klublardan bir necha bor urinib, Shomurodovni qo‘lga kirita olmagach, kurashdan chiqib ketdi. Bunga Tyagu Pintoning ortiqcha talablari sabab bo‘ldi. Endi Shomurodov oldida autsayderlardan birini tanlash imkoni qoldi xolos.

Tuttomercatoweb nashrining ta’kidlashicha, o‘zbek hujumchisi “Spetsiya”ga o‘tishga yaqin. “Roma” Eldorni ma’lum muddatga ijaraga berishga rozi. “Spetsiya” avvaliga bir million atrofida ijara puli taklif qilayotgan edi. Endi “Roma” o‘yinchini to‘liq sotib olish majburiyatini yuklamasdan, vaqtinchalik ijara uchun kattaroq summa undirmoqchi.

Nufuzli manbalardan biri https://romapress.net sayti jurnalistini Jon Solanoning yozishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi “Roma”da zaxirada o‘tirishdan zerikkan va kelajakda ham shu holat takrorlanmasligi uchun klubdan butunlay ketmoqchi bo‘lyapti.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki,  agar shu kunlarda boshqa variant chiqmasa, Eldor “Spetsiya”ni tanlagani ma’qulroq. Chunki bu klubning “Kremoneze”dan farqli ravishda yuqori diviziondagi o‘rnini saqlab qolish imkoniyati yuqoriroq.

“Spetsiya” 19-turdan keyin 18 ochko bilan 16-pog‘onada bormoqda. Jamoani xavfli hududdan olti ochko ajratib turibdi. “Kremoneze” hali biror marotaba g‘alaba nashidasini surgani yo‘q va atigi ettita durang bilan so‘nggi pog‘onada qayd etilgan. Kremoneliklarning murakkab vaziyatdan qutilib qolishi amri mahol.

gettyimages-1397249092-612x612

Demak, “Roma” Shomurodovdan to‘liq voz kechgani yo‘q. O‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun hujumchimiz bir necha oy boshqa jamoada o‘ynab kelishi kutilmoqda. Agar vaziyat shunday yakunlansa, Eldor o‘ziga doimiy to‘p tepadigan boshqa klub topish ishlarini yozga qoldirishiga to‘g‘ri keladi.

Kutamiz!

O‘runov Premer-liga darajasidagi futbolchi!

Yugurishni o‘zbek legioneridan o‘rganing!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Локо
27/01/2023 11:49
Кремонезе га бўлса хам ўтиб ўзини кўрсатсин зўр бўлса, хаммани қийнамасдан
Pardayev Shavkat
26/01/2023 23:39
Бўлар эканку эътибор билан ёзса. Маълумот учун рахмат.