
"Roma"ning yangi ustozi rahbariyat qanday vazifa qo‘yganini ochiqladi
"Roma"ning yangi murabbiyi Ivan Yurich klub oldiga juda real maqsadlar qo‘ydi. U "Roma" so‘nggi yillarda muntazam o‘ynamagan, lekin o‘z tarixida tez-tez ishtirok etgan Chempionlar ligasiga qaytishiga umid qilmoqda.
“Klub rahbariyati men bilan halol va ochiq munosabatda bo‘lishdi. Klub o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda va yangilanmoqda. Ko‘p umidli yosh futbolchilar bor. Ish ko‘p. Mendan aynan shu jihatlar bilan shug‘ullanish, futbolchilarning o‘sishiga yordam berishni so‘rashdi. Klubning maqsadi aniq - Chempionlar ligasi zonasiga qaytish. Bu mening oldimga qo‘yilgan asosiy vazifa”, - dedi xorvatiyalik mutaxassis pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida.
“Roma” o‘tgan to‘rt tur yakunlariga ko‘ra 3 ochko jamg‘argan holda A Seriya turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar