Romano: Ter Shtegen "Jirona"ga o'tishga yaqin

  • 16.01.2026 18:27
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Ispaniyaning boshqa bir klubi "Jirona"ga o‘tishga yaqin turibdi. 

Fabrizio Romano so‘zlariga ko‘ra, germaniyalik futbolchi bu taklifni qabul qilgan. Klublar o‘rtasida ijaraga bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda. Ter Shtegen 6 oylik shartnoma asosida "Jirona"ga ko‘chib o‘tish arafasida. 

Mark jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqanidan keyin u birinchi raqamli darvozabon maqomidan ayrildi. Dastlab, Voytsekh Shensni bilan bir mavsumni o‘tkazgan "Barsa" 2025 yil yozida Joan Garsiyani sotib oldi. 

Maxlumo uchun, Ter Shtegen 2014 yili "Borussiya M"dan 12 million yevro evaziga Ispaniya klubiga o‘tgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!