Ronald Kumaning darvozabon o‘g‘li ikkita gol urdi
Niderlandiya chempionati beshinchi turida futbol tarixiga kirishi mumkin bo‘lgan noodatiy voqea qayd etildi. Uning markazida esa «Barselona» va Niderlandiya terma jamoasi afsonaviy himoyachisi Ronald Kumaning o‘g‘li — kichik Ronald Kuman bo‘ldi. Hozirda u «Telstar» jamoasi darvozaboni sifatida faoliyat yuritmoqda.
«Telstar» ushbu turda «Kambyur»ga qarshi maydonga tushdi va uchrashuv jamoa uchun omad siz boshlandi: ikkinchi bo‘limning boshidayoq ular o‘z darvozalaridan ikki gol o‘tkazib yuborishdi.
Shu paytdan so‘ng vaziyatni «Telstar» darvozaboni kichik Ronald Kuman o‘z qo‘liga oldi. Avval u penalti ni aniq amalga oshirib, hisobdagi farqni qisqartirdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa jamoa yana bir penalti ishlab oldi va uni ham Kuman ijro etdi — yana gol!
Natijada Ronald Kuman kichik Niderlandiya oliy divizioni tarixida bir o‘yinda ikki va undan ortiq gol urgan ilk darvozabon sifatida qayd etildi.

Fikrlar