Ronaldino "Barselona" tarixidagi eng zo‘r futbolchi kimligini aytdi
Braziliyalik futbol afsonasi Ronaldino o‘zining sobiq jamoasi hisoblangan "Barselona"ning ayni damdagi sardori Lionel Messi haqida gapirib o‘tdi.
“Lionel Messi? U - klub tarixidagi eng yaxshi futbolchi. U shu kungacha “Barselona”da hech kim qila olmagan ishlarni qildi, shuning uchun ham u eng zo‘ri. Futbolni yaxshi ko‘radigan barcha uning yana uzoq yillar maydonda to‘p surishini xohlaydi.
Messi faoliyatini yakunlaganida “Barselona” unga tegishli bo‘lgan 10-raqamda boshqa hech bir futbolchi to‘p surmasligi uchun uni abadiy band qilib qo‘yishi mumkin”, - deydi Ronaldino.



Fikrlar