Ronaldinyo Lamin Yamanning raqami va oʻyini haqida gapirdi

  • 05.04.2026 13:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Ronaldinyo kataloniyaliklar qanot hujumchisi Lamin Yamal haqida iliq fikr bildirdi.

— Ilgari siz "Barselona"ning 10-raqamli libosini Messiga topshirgan edingiz, hozir esa u Yamalda. Sizningcha, “o'nlik” ishonchli qo'llardami?

— Shubhasiz. U hozirning o‘zidayoq dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Hali juda yosh bo‘lishiga qaramay, maydonda aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshirmoqda. Shu bois, 10-raqamli libos ishonchli qo‘llarda.

— Hozirgi “Barselona”ga qanday baho berasiz? U hamon Evropaning eng yaxshi jamoalaridan biri hisoblanadimi?

— Albatta. U hali ham Evropaning eng kuchli jamoalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Biz doim “Barsa”dan yana qandaydir go‘zal va unutilmas futbol kutishda davom etamiz, — dedi Ronaldinyo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!