Ronaldo: Ispaniya va Argentina oʻyini sifatidagi farq juda katta edi
Braziliya terma jamoasining sobiq yulduz hujumchisi Ronaldo 2026 yildgi jahon chempionati finali haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Ushbu hal qiluvchi bahsda Ispaniya qo‘shimcha daqiqalarda Argentina ustidan g‘alaba qozongan edi.
«Ispaniya uchrashuv boshidan oxirigacha to‘liq ustunlik qildi, men kutganim ham shu edi, – dedi Ronaldo ijtimoiy tarmoqlardagi videomurojaatida. – Ispaniya ko‘p gol urolmadi, shu bois hisobda kutilgancha yirik farq bo‘lmadi. Lekin baribir maydonda mutlaq ustunlikni ko‘rdik. O‘yin sifati bo‘yicha Ispaniya Argentindan ancha ustun bo‘ldi, farq juda katta edi».
Shu bilan birga, ispanlar ustunligiga qaramasdan, finalda taqdirni yagona gol hal qildi. Qo‘shimcha bo‘limning 106-daqiqasida Ferran Torres tomonidan urilgan gol Ispaniyaga jahon chempioni unvonini olib keldi.

Fikrlar