Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ronaldo: «Mbappeda mening ko‘plab fazilatlarim bor»

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Ronaldo Mbappeni o‘zining merosini davom ettirayotgan, ko‘p qirrali va ko‘p gol uradigan hujumchi sifatida e’tirof etdi.

Braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldo Londonda «Oltin to‘p»ni topshirish marosimida ishtirok etdi. «Real»ning sobiq hujumchisi Kilian Mbappe haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Mbappeda mening ko‘plab fazilatlarim bor: tezlik, kuch, gol urish mahorati, raqiblarni aldab o‘tish va hujumlarni muvaffaqiyatli yakunlash qobiliyati. U juda ko‘p qirrali futbolchi. Mbappe ko‘p gol uradi va menda bo‘lgan ko‘plab sifatlarga ega. Mening merosim yashashda davom etayotganidan xursandman», — deya Ronaldoning so‘zlarini Marca nashri keltirmoqda.

Yakshanba kuni kechqurun «Real» safarda «Barselona»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Kilian Mbappe ushbu uchrashuvda dubl qayd etdi. Endi fransuz hujumchisining «Real» libosidagi gollari soni 100 taga yetdi. Mbappe 2024 yil yozidan buyon madridliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q