Ronaldo mundialdan keyin Ronalduga baho berdi

  • 17.07.2026 08:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ikki karra jahon chempioni Ronaldo Nazario 2026 yildgi jahon chempionatida Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning o‘yini haqida fikr bildirdi.

- Ehtimol, u Saudiya Arabistonida yana bir necha mavsum to‘p surishi mumkin. Lekin jahon chempionatida o‘ynash — butunlay boshqa daraja, bu ancha qiyin. Bu yerda saviya juda yuqori. 

Futbolga bo‘lgan ishtiyoqimiz, muhabbatimiz, abadiy o‘ynash istagimizga qaramay, oxir-oqibat hammasini tanamiz hal qiladi, deb o‘ylayman. Men hozir futbol o‘ynamayapman, chunki aqlim hali o‘ynashni istaydi, lekin tanam bu yukni ko‘tara olmaydi, — deya Ronaldoning so‘zlarini A Bola nashri keltiradi.

Krishtianu Ronaldo Portugaliya terma jamoasi bilan jahon chempionatida 1/8 finalgacha yetdi, bu bosqichda jamoa Ispaniya terma jamoasiga mag‘lub bo‘ldi. Turnir davomida u beshta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!