
Ronaldu, Lukaku va Ibragimovich A Seriyada mavsumning eng yaxshi hujumchisi bo‘lish uchun kurashmoqda
Italiya futbol assotsiatsiyasi (AIC) 2019/20 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, bir qator nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlashlarni amalga oshirmoqchi.
Quyida nomzodlar bilan tanishib olishingiz mumkin:
Eng yaxshi darvozabon: Janluiji Donnarumma ("Milan"), Samir Xandanovich ("Inter"), Voytsex Shesni ("Yuventus").
Eng yaxshi himoyachi: Franchesko Acherbi ("Latsio"), Leonardo Bonuchchi, Xuan Kuadrado (ikkalasi - "Yuventus"), Stefan de Vrey ("Inter"), Jovanni Di Lorentso, Kalidu Kulibali (ikkalasi - "Napoli"), Teo Ernandes ("Milan"), Xans Xatebur, Robin Gozens ("Atalanta").
Eng yaxshi yarim himoyachi: Sofyan Amrabat ("Verona", hozir - "Fiorentina"), Nikolo Barella ("Inter"), Rodrigo Bentankur ("Yuventus"), Miralem Pyanich ("Yuventus", hozir - "Barselona"), Alexandro Gomes ("Atalanta"), Manuel Lokatelli ("Sassuolo"), Luis Alberto, Sergey Milinkovich-Savich (ikkalasi - "Latsio"), Deyan Kulusevski ("Parma", hozir - "Yuventus").
Eng yaxshi hujumchi: Zlatan Ibragimovich ("Milan"), Krishtianu Ronaldu, Paulo Dibala (ikkalasi - "Yuventus"), Yosip Ilichich ("Atalanta"), Chiro Immobile ("Latsio"), Romelu Lukaku ("Inter").
Eng yaxshi murabbiy: Jan Pero Gasperini ("Atalanta"), Roberto De Dzerbi ("Sassuolo"), Simone Indzagi ("Latsio").
Eng yaxshi klub: "Atalanta", "Yuventus", "Latsio".
Eng yaxshi hakam: Janpaolo Kalvareze, Daniele Orsato, Janluka Rokki.
Fikrlar