Ronaldu, Messi va Neymar bilan o‘ynadim, eng zo‘ri...

  • 11.05.2023 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik yarim himoyachi Artur Melo zamonamizning eng zo‘r futbolchilari – Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Neymar bilan birga o‘ynagan kam sonli charm to‘p ustalaridan.

Bu futbolchi yulduz o‘yinchilarga baho berdi.

- Ronaldu, Messi va Neymarni g‘oliblik mentaliteti birlashtirib turadi. Mashg‘ulot bo‘ladimi, o‘rtoqlik uchrashuvini yoki nufuzli turnir finali, ular doimo g‘alaba uchun borini beradi. Kimga qarshi o‘ynashning ularga umuman farqi yo‘q.

Neymar fintlarni zo‘r uddalaydi, to‘pni yaxshi olib yuradi. Ronaldu qaerda bo‘lishidan qat’i nazar, gol ura oladi. Messi esa... Leo o‘zga sayyoralik.

Men ular bilan birga o‘ynadim. Har birining o‘z ustun tomonlari bor. Hammasi kuchli mentalitetga ega, - dedi Artur Melo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!