
Ronaldu bir tomon, Maguayr bir taraf. “Manchester Yunayted” futbolchilari bo‘linib ketdi
“Manchester Yunayted” sardori Harri Maguayr kelasi mavsumda o‘z vakolatidan ayrilishi mumkin. Jamoa ichida sardorlik bog‘ichini topshirish masalasi muhokama qilindi.
Unga ko‘ra, ayrim o‘yinchilar bu vakolat angliyalik himoyachining o‘zida qolishi kerakligini ta’kidlagan.
Biroq, jamoa orasida sardorlik vazifasini darvozabon David de Xea, yarim himoyachi Brunu Fernandesh va asosiy yulduz Krishtianu Ronaldu bajarishini istayotganlar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, jamoaga sardor tanlashda yangi bosh murabbiy Erik ten Xagning qarori hal qiluvchi bo‘ladi.
Fikrlar