Ronald: “Bizga ishonaningiz va bu yo‘ldagi har bir qadamda biz bilan birga bo‘lganingiz uchun tashakkur"

  • 24.05.2026 00:10
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"An-Nasr" hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda jamoaning chempionligiga bag‘ishlangan post qo‘ydi.

“Qanday mavsum... Birinchi kundanoq biz nimani xohlashimizni va buning uchun nima kerakligini tushundik. Biz har bir mashg‘ulotda va har bir o‘yinda mehnat qildik, kurashdik va bor kuchimizni sarfladik. Bu oson yo‘l emasdi, lekin birgalikda uddaladik. Bizga ishonqaningiz va bu yo‘ldagi har bir qadamda biz bilan birga bo‘lganingiz uchun tashakkur", - deyiladi Ronaldu xabarida.

Saudiya Arabistoni chempionati yakuniga ko‘ra, "An-Nasr" 86 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinda 84 ochko jamg‘argan "Al-Hilol" joylashgan. "Al-Ahli" 81 ochko bilan kuchli uchlikni yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!