Ronaldu borishi mumkin bo‘lgan ikki jamoa qoldi xolos

  • 17.08.2022 11:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted”ning 37-yoshli hujumchisi Krishtianu Ronalduning boradigan joyi qolmadi hisob, deb xabar tarqatdi Ispaniyaning AS nashri.

Manba Ronalduning Chempionlar ligasida o‘ynash istagini inobatga olgan holda, portugaliyalik to‘purar oldida faqatgina “Sporting” va Dortmundning “Borussiya” jamoasiga o‘tish varianti borligi ta’kidlamoqa.

Dortmundliklarning ishongan hujumchisi Sebasten Aller kasalligi tufayli uzoq muddatga safdan chiqqan. “Borussiya” uning o‘rniga 34 yoshli Antonio Modestani oldi. Lekin bu hujumchi muhim uchrashuvlarda jamoaga Ronalduchalik foyda keltira olmaydi.

“Sporting” ham o‘tgan yili mamlakat chempionligini qo‘lga kiritganidan beri Chempionlar ligasida yaxshiroq natija qayd etish uchun o‘zi tarbiyalagan Krishtianuni ortga qaytarishni istayotgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!