Ronaldу bosh murabbiy bilan kelishmovchilikdan so‘ng terma jamoani tark etdi
Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy bilan janjaldan so‘ng Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etdi. Futbolchi shaxsiy samolyotiga o‘tirib, Madridga uchib ketdi va terma jamoaning so‘nggi uchta mashg‘ulotida ishtirok etmadi.
Ronald 18 yil ichida ilk bor terma jamoa safidagi uchrashuvni to‘liq zahirada o‘tkazganidan so‘ng, bosh murabbiy Jezush Krishtianu Daniyaga qarshi bahsda ham maydonga tushmasligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, murabbiy 41 yoshli futbolchi bilan o‘rtasida nizo borligini rad etdi.
Bosh murabbiyning matbuot anjumanidan so‘ng Ronaldu Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etishga qaror qildi. Bu haqida «Marca» va «A Bola» xabar berdi.

Fikrlar