Ronald u eng zo‘r o‘yinchi sovrinini boshqa futbolchiga berib yubordi
Unga bunaqa sovrinchalar kerak emas
Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi navbatdagi uchrashuvda "An-Nasr" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sovrinini jamoadoshiga topshirdi. Bu haqida musobaqa matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq xabar qilinganidek, Ronaldu goli "An-Nasr"ga muhim g‘alabani ta’minladi. Uchrashuv "Al-Faysali"ga qarshi o‘tdi va 3:1 hisobida riyodliklar foydasiga yakunlandi. Portugaliyalik yulduz rasmiy o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan bo‘lsa-da, sovrin jamoa hujumchisi Abdulla Al-Hamdanga berdi. U bellashuvda hisobni ochgan gol muallifi bo‘lgan.
"An-Nasr"ning navbatdagi uchrashuvi 26 oktabrgа belgilangan. Jamoa Osiyo chempionlar ligasi umumiy bosqichi uchinchi turi doirasida BAA klubi "Al-Vasl"ni o‘z maydonida qabul qiladi.

Izohlar (0)