Ronaldу faoliyatida 11-bor "ideal" xet-trik qayd etdi
Ideal xet-trik nima?
Portugaliya milliy terma jamoasi va «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati 12-turida «Al-Xolud»ga qarshi o‘yinda futbolda «ideal» deb ataladigan xet-trikka erishdi.
Ronaldu birinchi golini chap oyoqda urdi, ikkinchisini boshi bilan yo‘lladi, uchinchi to‘pni esa o‘ng oyog‘i bilan darvozaga joyladi. Bir o‘yinda shu tarzda — chap va o‘ng oyoq hamda bosh bilan gol urish kombinatsiyasi futbolda «ideal xet-trik» sifatida qayd etiladi.
«Krishtianu Ronaldu hozirgina o‘z faoliyatidagi 11-ideal xet-trigiga erishdi! Qiyos uchun: Lionel Messida bunday xet-triklar soni — nol», — deya yozdi futbolda ixtisoslashgan TM akkaunti.
«An-Nasr» ushbu uchrashuvda 5:3 hisobida g‘alaba qozondi. Shu bilan birga, Ronalduning golli seriyasi boshlanishidan oldin uning ikki marta urgan to‘pi ofsayd sabab bekor qilingan edi.
Ronuldu jamoasi shu tariqa ochkolar sonini 28 taga yetkazib, turnir jadvalidagi ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. «An-Nasr»ning navbatdagi uchrashuvi 2 noyabr kuni Toshkentda «Paxtakor»ga qarshi o‘tkaziladi. O‘yin boshlanish vaqti — 18:45.

Izohlar (0)