Ronaldу faoliyatini yakunlaganidan keyin nima qilishini aytdi

  • 24.08.2026 14:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliya milliy terma jamoasi va  Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyingi rejalari haqida so‘zladi.

- Kelajagim allaqachon rejalashtirilgan. Meni band qilib turadigan ishlar ko‘p, shuning uchun faqat bitta narsani aytish qiyin. Futboldan keyin katta bo‘shliq paydo bo‘lishi mumkin va uni faqat bitta emas, turli yo‘llar bilan to‘ldirish kerak.

Ko‘proq hordiq chiqarish, sayohat qilish, tomosha qilish va men juda yaxshi ko‘radigan padel o‘yini bilan shug‘ullanishni xohlayman. Shuningdek, erishgan yutuqlarimdan, rafiqam bilan erishgan narsalarimizdan bahramand bo‘lishni davom ettiraman, -  dedi Ronaldu Vogue nashriga.

O‘tgan mavsumda 41 yoshli hujumchi klub safida barcha musobaqalarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.

2026 yildgi jahon chempionatida Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.

Krishtianu Ronaldu – Yevropa Chempionlar ligasining besh karra g‘olibi, 2016 yildgi Yevropa chempioni va Millatlar ligasining ikki karra g‘olibi. U milliy jamoalar tarixidagi gollar soni, Yevropa chempionatlari, Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi gollar bo‘yicha qator rekordlar sohibi hisoblanadi. Shuningdek, u 5 marta “Oltin to‘p” sovrini bilan taqdirlangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!