Ronaldu Feliks haqida: "“Men unga juda ishonaman. U duch keladigan tanqidlarga tayyor bo‘lishi kerak”

  • 23 avgust, 2019, 01:24
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu "Atletiko" yarim ximoyachisi Joau Feliks borasida fikr bildirdi.

"Men unga juda ishonaman. U katta salohiyatga ega ajoyib futbolchi. Shunday bo‘lsada, futbolning bir necha jihatlari bor, ushbu holatlarda u rivojlanishi kerak. Bu Joau uchun va Bernardu Silva uchun ham tegishli, garchi Bernardu bir oz katta bo‘lsa ham. Ikkalasi ham muvaffaqiyat qozonishiga shubha qilmayman.

Feliks nisbatan kuchliroq Ligaga ko‘chib o‘tdi. U boshqa futbolchilar bilan o‘ynaydi va umuman boshqa futbolchilar uning raqibiga aylanishadi. U duch keladigan barcha tanqidlarga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishi kerak," - dedi Ronaldu.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!