Ronaldu gol urgan, Masharipov penalti ishlagan bellashuvda "An-Nasr" durang o‘ynadi

  • 3 fevral, 2023, 22:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni chempionati 15-turidan o‘rin olgan "Al-Fotih" - "An-Nasr" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

Mezbonlar safida Telo hamda Bendebka gol urga bo‘lsa, riyodliklarning tarkibida Taliska raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Shuningdek, Ronaldu uchrashuv yakuniga yaqin penaltidan hisobni tenglashtirdi. 

Legionerimiz Masharipov zaxiradan maydonga tushib, penalti ishlashga muvaffaq bo‘ldi. Aynan u ishlagan 11 metrlik zarbani portugaliyalik forvard golga aylantirdi. 

Ushbu natijadan so‘ng "An-Nasr" hisobidagi ochkolar soni 34 taga etdi va ular Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilishda davom etmoqda. 

Qayd etish lozim, asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda mehmonlar futbolchisi Taliska qizil kartochka olib, maydondan chetlashtirildi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!