
Ronaldu hech kim urolmaydigan rekord o‘rnatdi
“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining navbatdagi turida “Ash-Shabab” darvozasiga ikkita gol urdi.
Bu gollar portugaliyalik yulduzning nomini futbol tarixiga muhrladi. Krishtianu milliy chempionatlarda kiritgan to‘plari sonini 517 taga etkazib oldi va mutlaq rekord o‘rnatdi.
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi
Avvalgi rekordlar klublar (IFFHS) Krishtianu Ronalduni milliy ligalarning eng yaxshi to‘purari sifatida qayd etganini ma’lum qildi.
Avvalgi rekord 1931-1957 yillarda o‘ynagan avstriyalik Yozef Bitsan va 1943-1967 yillarda faoliyat yuritgan vengriyalik mashhur hujumchi Ferents Pushkashga tegishli. Har ikki futbolchi milliy ligalarda 515 tadan gol urgani qayd etilgan.
Qizig‘i shundaki, endi Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoni chempionati doirasida urgan har bir goli yangi natija sifatida qayd etilaveradi. Portugaliyalik yulduz "An-Nasr"da hali yana ikki yil o‘ynaydi.
Fikrlar