Ronaldу ikkinchi oʻyinni ham boykot qilishi mumkin — klubdan ketish ehtimoli bor
"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub boshqaruviga oid masalalar yuzasidan noroziligi sabab ketma-ket ikkinchi oʻyinni boykot qilish niyatida. "ESPN" nashrining xabariga koʻra, u Saudiya Arabistoni Suveren jamgʻarmasi (PIF) klub boshqaruvida oʻzgarishlar kiritish boʻyicha aniq kafolat bermaganidan norozi.
Agar yaqin haftalar ichida vaziyat boʻyicha kafolatlar taqdim etilmasa, Ronaldu iyun oyida klubdan ketishni soʻrashi mumkin. Juma kuni "An-Nasr" "Al-Ittihod"ga qarshi maydonga tushadi.
Avvalroq 40 yoshli portugalialik hujumchi Saudiya chempionati doirasidagi "Al-Riyad"ga qarshi oʻyinni (1:0) oʻtkazib yuborgani xabar qilingan edi. Shuningdek, u oʻyindan keyingi mashgʻulotlarda ham ishtirok etmagani aytilgan.
Manbalarga koʻra, Ronaldu PIF’ning klubni raqobatchilar, xususan "Al-Hilol"ga nisbatan boshqarish uslubidan norozi. Uning fikricha, jamgʻarma siyosatlari jamoaning chempionlik uchun kurashishiga toʻsqinlik qilmoqda. Shu bois, u yozda MLS yoki Yevropa ligalaridan biriga oʻtish imkoniyatini ham koʻrib chiqishi mumkin.
Bundan tashqari, Ronaldu Karim Benzemaning "Al-Hilol"ga oʻtishiga "raqobatga zarar yetkazadi" degan vaj bilan qarshi chiqqanini bildiruvchi xabarlar ham tarqalgan edi.
Fikrlar