Ronaldу Jorjina bilan ajrashsa, umrboд millionlab evro toʻlaydi

  • 24.08.2026 18:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliya milliy terma jamoasi va “An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqinda munosabatlarini rasmiylashtirgan Jorjina Rodriges bilan ajaraşadigan bo‘lsa, unga umrboq har oy 100 ming yevro to‘lab boradi.

Bu juftlik o‘rtasida tuzilgan nikoh shartnomasida ko‘zda tutilgan. Bu haqida Marca nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, munosabatlar tugatilgan taqdirda Jorjina, shuningdek, Madriddagi nufuzli La-Finka turar joy majmuasida joylashgan, bozor qiymati bir necha million yevrolik qasrga egalik qilish huquqini ham qo‘lga kiritadi.

Ta’kidlanishicha, Ronaldu va Jorjinaning asosiy maqsadi ajrashgan taqdirda farzandlarining farovonligini ta’minlashdan iborat. Ular nikoh shartnomasini tuzish orqali bolalarning ruhiy holatiga ta’sir qilishi va shaxsiy hayoti daxlsizligini buzishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy og‘ir huquqiy nizolarning oldini olishni istashmoqda.

Jorjina kelishuvda nafaqat mablag‘ oluvchi, balki oilaviy hayotga beqiyos hissa qo‘shayotgan sherik sifatida ham qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!