
Ronaldu katta dovonni zabt etdi
Faoliyatini Osiyoda davom ettirayotgan Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 16-turida pokerga erishdi.
“An-Nasr”ning 38 yoshli yulduzi “Al-Vahda” jamoasi darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilib, poytaxtliklarning 4:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
21-daqiqada kiritilgan ilk to‘p portugaliyalik hujumchi uchun milliy chempionatlardagi 500-gol sifatida qayd etildi.
O‘yin davomida Krishtianu raqib darvozasini yana uch marotaba ishg‘ol qilib, milliy chempionatlardagi jami gollari sonini 503 taga etkazdi.
Ronalduning “An-Nasr”ga ko‘chib o‘tganidan beri Saudiya Arabistoni chempionatida uchta uchrashuvda beshta to‘p kiritdi.
Fikrlar