
Ronaldu kecha olgan jarohati sabab bugungi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi (foto)
Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu bugun klub mashg‘ulotlarida ishtirok eta olmadi. Bunga sabab sifatida uning jarohat olgani aytilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, portugal kecha "Persepolis"ga qarshi kechgan OChL doirasidagi o‘yinda bo‘yin qismini shikastlab olgan. Shu bois u 78-daqiqada zaxiraga olindi. Hozirda uning jarohati qanchalik jiddiy ekani borasida rasmiy xabarlar chiqmadi.
Ma’lumot o‘rnida, "An-Nasr" "Persepolis" bilan kechgan uchrashuvda 0:0 hisobidagi durang natija bilan cheklandi.
Fikrlar