
Ronaldu Kevin de Bryuynega o‘ta katta maosh gaplashib beryapti
“An-Nasr” yulduzi Krishtianu Ronaldu klub rahbariyatini “Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyne olib kelishga ko‘ndirmoqchi bo‘lyapti.
Mirror nashrining yozishicha, Ronaldu saudiyaliklardan belgiyalik hujumkor futbolchiga bir hafta uchun 1 million funt miqdorida maosh ajratishni so‘ragan.
Ronaldu agar Kevin de Bryuyne klubga qo‘shilsa, “An-Nasr” Saudiya Arabistonining eng qudratli jamoasiga aylanishiga ishonyapti.
33 yoshli pleymeykerning manchesterliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Kevin de Bryuynening o‘zi avvalroq Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga moyillik bildirgan edi.
Fikrlar