Ronaldu kuchli o‘nlikka kirdi

  • 15 noyabr, 2020, 10:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu terma jamoa safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar  o‘nligiga kirdi.

Kecha UEFA Millatlar ligasi 5-turidan o‘rin olgan Frantsiyaga (0:1) qarshi uchrashuv 35 yoshli Ronaldu uchun Portugaliya terma jamoasi safidagi 169-o‘yin bo‘ldi. Bu boradagi jahon rekordi misrlik Ahmad Hassanga tegishli. U terma jamoasi safida 184 marotaba maydonga tushgan.

Ronaldu Portugaliya terma jamoasida 2003 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida terma jamoada 102 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!