Ronaldu "Lion"dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evropa Chempionlar ligasining 1/8 finalida "Lion" (0:1) dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi.

"O‘yinlarda har doim ham mashg‘ulotlarda ishlaganingizni ko‘rsata olmaysiz. Birinchi o‘yindan keyin, jamoamizda ortiqcha dramatik holatlarni yoki ortiqcha asabiylashishni ko‘rmadim.

Futbolda mag‘lubiyatlar va g‘alabalar bo‘ladi. "Yuventus" barchasini o‘nglay oladi, menda bunga ishonch bor.

"Lion"ga qarshi kechgan bahs! Ha, futbolda shunaqasi ham bo‘ladi va bizni ko‘nglimiz to‘lmadi.

Chempionlar ligasida har narsa bo‘lishi mumkin, bu erda doim qiyin bo‘lgan, ammo bizda o‘zimizga ishonch bor va javob o‘yinida barchasini to‘g‘rilay olamiz," - dedi Ronaldu.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!