
Ronaldu Masharipov 20-daqiqa o‘ynagan uchrashuv haqida fikr bildirdi
Saudiya Arabistoni chempionatining navbatdagi turida “An-Nasr” jamoasi qiyin o‘tgan bellashuvda “At-Taavun” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bu bahsda Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari Abdurrahmon G‘arib va Abdulla Madiga golli pas oshirib, g‘alabaga katta hissa qo‘shdi.
Jaloliddin Masharipov bellashuvning 70-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, jamoasiga g‘alaba hisobni uchlab qolishiga yordam berdi.
Bu bahsdan keyin Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida post qoldirdi.
- Biz liga cho‘qqisidamiz va muhim uch ochkoga ega bo‘ldik. Ajoyib jamoviy ish bo‘ldi!, - deb yozdi 38 yoshli yulduz.
Saudiya Arabistoni chempionatida “An-Nasr”, “Al-Ittihod” va “Ash-Shabab” jamoalari bir xil – qirqtadan ochko jamg‘arib, chempionlikni talashmoqda. “An-Nasr” qo‘shicha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, birinchi o‘rinda qayd etilgan.
Fikrlar