Ronaldu milliarder bo‘lish qanday ekanini aytib berdi

  • 05.11.2025 06:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jahonning eng badavlat sportchilaridan hisoblanadi. 40 yoshli futbolchi milliarder bo‘lish insonga qanday hissiyot berishini aytdi.

- Milliarder bo‘lish xuddi “Oltin to‘p”ni yutib olishga o‘xshagan hissiyot beradi. Bu raqamlarga erishish doim mening maqsadim bo‘lgan.

Xususan, milliarder bo‘lishim ham eng azaliy orzularimdan edi. Men futboldagi yagona milliarderman. Meni o‘ziga bino qo‘ygan, deyishingiz mumkin, lekin raqamlar yolg‘on gapirmaydi, - dedi Krishtianu Ronaldu.

Shu yilning oktyabr oyida Bloomberg nashri Krishtianu Ronaldu birinchi milliarder futbolchiga aylanganini ma’lum qilib, maxsus maqola chop etdi. Portugaliyalik yulduzning bugungi kundagi mulki 1,4 milliard dollarga etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!