Ronaldу orzu qilgan rekordga 22 qadam qoldi
«An-Nasr» hujumchisi va sardori Krishtianu Ronalduni Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 4-turida «At-Taavun»ga qarshi o‘yinda to‘p kiritdi. Bu portugaliyalik futbolchining professional faoliyatidagi 978-gol bo‘ldi.
50-daqiqada 41 yoshli hujumchi «Al-Nasr» himoyachisi Muhammad Simakanning zarbasidan keyin darvoza tomon uchib kelayotgan to‘pning yo‘nalishini o‘zgartirdi.
Shu gol evaziga «An-Nasr» hisobda oldinga chiqdi va g‘alabani ushlab qoldi.
Ronaldу faoliyati davomida klublar darajasida 832 ta, Portugaliya milliy terma jamoasi safida esa 146 ta gol urgan.
Portugaliyalik futbolchi 2023 yil yanvaridan buyon «An-Nasr» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar