Ronaldу o‘ynagan uchrashuvda “An-Nasr”ni yanchib tashlashdi. Navbatdagi raqib – “Neftchi”!
Osiyo Elit Chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan “Al-Ayn” (BAA) va “An-Nasr” (Saudiya Arabistoni) o‘rtasidagi uchrashuv kutilmagan natija bilan yakunlandi. Bahs BAAning Al-Ayn shahridagi “Xazza bin Zayed” stadionida bo‘lib o‘tdi. Mezbonlar 4:0 hisobida g‘alaba qo‘zondi.
25-daqiqada “Al-Ayn” hujumchisi Husayn Rahimi hisobni ochdi. 63-daqiqada Rahimi dubl qayd etdi. 72-daqiqada hujumchi Sofian Rahimi “An-Nasr” darvozasiga uchinchi golni urdi. 85-daqiqada esa jamoa legioneri Georgios Yakumakis hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Bu uchrashuvda Krishtianu Ronaldu jamoasiga qaqshatqich mag‘lubiyatdan qutilib qolishi uchun hech qanday yordam bera olmadi.
Keyingi turda “Al-Ayn” 12 oktyabr kuni safarda Iroqning “Al-Quvva” klubiga qarshi o‘ynaydi. “An-Nasr” esa shu kuni o‘z maydonida O‘zbekiston chempioni “Neftchi” (Farg‘ona) jamoasini qabul qiladi.

Fikrlar